Tadqiqot natijalari Science Translational Medicine jurnalida chop etildi.

Yong'oq bilan bog'liq og'ir, hatto o'limga olib keladigan allergik reaktsiyalar dunyo aholisining bir foizidan ko'prog'iga ta'sir qilishi mumkin. Odatda shifokorlar parhezda ratsionga yeryong'oqni kiritmaslikni tavsiya qilishadi, ammo mahsulotni tasodifan iste'mol qilish xavfi yuqori bo'lib qolmoqda. Ayni paytda allergiya paydo bo'lishining oldini oladigan davolash usullari mavjud emas.

Innovatsion preparat esa allergen organizmda reaksiya yuzaga kelishidan oldin harakatga kirishadi. Bu cHBI ingibitor bo'lib, inson immunitet hujayralari ta'sirini to'xtatadi, bu esa allergen xavfini chetlab o'tish imkonini beradi. Dorini bir marta yuborilishi ikki haftadan ko'proq himoyani ta'minladi. Alomatlar boshlanganidan keyin dori qisqa vaqt ichida qo'llanilganida, allergiya rivojlanishi to'xtadi.

Tajribalar, ayniqsa, yeryong'oqlarga qaratilgan edi. Chunki u, ayniqsa, bolalarda eng ko'p uchraydigan oziq-ovqat allergiyasi sanaladi. Biroq, yangi ishlanma platforma texnologiyasi bo'lib, uning asosida bir qator yangi allergenlar bilan ishlaydigan boshqa ingibitorlarni loyihalash mumkin. Kelgusida klinikadan oldingi sinovlar, ular muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda esa klinik sinovlar o'tkazish rejalashtirilgan, deb xabar beradi lenta.ru.