Alp tog'larida 3D-printerida chop etilgan dunyodagi eng baland minora qad ko'taradi

    Shveysariyada ETH Zurich universiteti jamoasi dunyodagi eng baland 3D-bosma inshootini qurish bo'yicha ulkan loyihani amalga oshirish niyatida.

    Ayni paytda quruvchilar Myulens qishlog'i yaqinidagi uchastkada minoraning alohida elementlarini tayyorlamoqda. Yig'iladigan majmuaning balandligi 30 metr bo'lishi kutilmoqda.

    Ma'lum qilinishicha, minora besh qavatli bo'lib, uni qurish uchun sanoat printerlarida 102 dona sementga o'xshash material bosiladi. Tashrif buyuruvchilar tepadagi keng zalga spiral zinapoyadan chiqib borishadi.

    Bir nechta robotlashtirilgan qurilmalar yordamida ustunlarni chop etish uchun umumiy 900 soat vaqt sarflanadi, deb xabar beradi techcult.ru.