Boshga kiyiladigan qurilmada 40 Gs chastotada eshitish va vizual gamma-sensorli stimulyasiya qo‘llaniladi.
Mutaxassislar ko‘ngillilarda tadqiqot o‘tkazdi. Bemorlarning ba’zilari gadjetdan olti oy davomida kuniga bir soat, boshqalari esa faqat gadjet taqlidi — plasebodan foydalandi. Natija shuni ko‘rsatdiki, birinchi guruhda miya oq moddasining darajasi ko‘tarilgan, ikkinchi guruhda esa xuddi shu vaqt ichida kamaygan.
Klinik tadqiqotning umumiy natijalari gamma-sensor stimulyasiyasi xavfsiz ekanini ko‘rsatdi. Samaradorlik natijalari ijobiy klinik ta’sirlar, jumladan, kognitiv va funksional qobiliyatni saqlab qolish, miya atrofiyasini kamaytirish va uyqu sifatini yaxshilashda namoyon bo‘ldi.
“Miyaning katta qismini bog‘laydigan oq moddaning muhim rolini hisobga olgan holda miya atrofiyasining oldini olish yoki kamaytirish kasallik rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Tadqiqot natijalari bizning terapiyamiz alsgeymer va yengil kognitiv buzilishlar, shuningdek, oq modda va miyelinizasiyani yo‘qotish bilan kechadigan boshqa neyrodegenerativ kasalliklarga uchragan bemorlarning salomatligini yaxshilash imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi, — dedi Cognito Therapeutics tadqiqotchisi Mixay Xayos.