Hukumat qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda 1 marotaba yashash sharoitlari ishchi guruh tomonidan qayta baholanishi talabini bekor qilish;
  • “Inson” markazlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan keyingi yil uchun shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish jadvalini tuzish amaliyotini bekor qilish;
  • ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga berilgan vaucherni bekor qilish, ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan chiqarish asoslarini aniq belgilash.

2026-yil 1-martdan xulq-atvori buzilishlari boʻlmagan ruhiy kasallik boʻyicha dispanser nazoratida turuvchi demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qoʻyilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati koʻrsatiladi.