Amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi

    Joriy yilning 27-oktabr kuni oʻtkazilgan Parlament saylovlariga muvofiq, Oliy Majlis palatalari yangi tarkibda shakllantirildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasida Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi belgilangan.

    Shu munosabat bilan, joriy yilning 19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

    Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turishi maʼlum qilinadi.