O'rganish davomida Norin tuman eTK tasarrufidagi elektr qurilmalari ko'rikdan o'tkazilganda 10 kVli YAydok elektr tarmog'iga ulangan quvvati 250 kVA bo'lgan 20-sonli, 100 kVA bo'lgan 385-sonli, 10 kVli Oromgoh elektr tarmog'iga ulangan quvvati 160 kVA bo'lgan 59-sonli, 10 kVli CHambil elektr tarmog'iga ulangan quvvati 160 kVA bo'lgan 193-sonli, 10 kVli Toshloq elektr tarmog'iga ulangan quvvati 160 kVA bo'lgan 107-sonli, 10 kVli Toshqin elektr tarmog'iga ulangan quvvati 160 kVA bo'lgan 125-sonli transformator punktlarining RLND ajratgichlarida SHUNT mavjudligi aniqlandi.
Norin tuman eTK eksplutatsiya ishlari bilan shug'illanuvchi xodimlariga elektr qurilmalarida favqulodda o'chishlarni va elektr qurilmalarini nosoz holga kelishini oldini olish, xodimlar bilan ish jarayonida jarohatlanish va baxtsiz hodisalarni bo'lmasligini ta'minlash bo'yicha tushunchalar berildi.
Tekshiruvda sohaga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va qoidalar talablariga rioya etilmaslik holatlari bo'yicha 30 ga yaqin kamchiliklar aniqlandi.
Bundan tashqari, quvvati 160 kVA bo'lgan 486-sonli transformator punktini qoniqarsiz texnik holati bo'yicha ko'rsatma berilib, yaroqsiz holdagi kommutatsion apparatlar soz holatga keltirildi.
Kamchiliklarga yo'l qo'ygan xodimlarga Namangan NeTK AJni buyrug'iga asosan Norin tuman eTKning 1 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 4 nafar xodimlarga ta'sir chorasi sifatida Xayfsan berildi, deb xabar beradi O'zenergoinspeksiya Matbuot xizmati.