Poytaxtimizda, Oʻzbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” madaniy tadbirlar haftaligi doirasida Madaniy meros agentligi, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi hamkorligida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining filiali Toshkent tarixi muzeyida “Amaliy sanʼat durdonalari” nomli koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazma muzeyning “Etnografiya” fondida saqlanayotgan amaliy sanʼat kolleksiyalaridan milliy liboslar, doʻppilar, milliy matolar, toʻquvchilik, misgarlik va kulolchilik ashyolaridan tashkil topgan. Bunda XIX – XX asrlar Oʻzbekistonning turli hududlariga oid milliy liboslar, doʻppilar, matolar, kandakorlik, kashtadoʻzlik va yogʻoch oʻymakorligi ashyolari namoyishini koʻrish mumkin.

Eslatib oʻtamiz koʻrgazma 7-iyulga qadar davom etadi!