Amazon avvalroq 10 ming xodimini qisqartirishini eʼlon qilgan edi. Endi bu raqam 8 mingga koʻpayadi va 18 ming xodim qisqartiriladi. Bu haqda kompaniyaning onlayn sotuvlar boʻyicha bosh direktori Endi Jessi maʼlum qildi.

Jessining soʻzlariga koʻra, bu qaror 2023-yilga moʻljallangan reja doirasida “iqtisodiyotdagi noaniqlik va soʻnggi ikki yil ichida koʻplab xodimlarning ishga olinishi” tufayli qabul qilingan.

Tahlil natijalariga koʻra, Amazon rahbariyati bir nechta pozitsiyalarni “keyinchalik yoʻq qilish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi. Umumiy savdo va kadrlar boʻlimidan 18 mingdan ortiq xodim ishdan boʻshatiladi.

Soʻnggi ikki yil ichida Amazon xodimlari soni koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn xizmatlarga talab ortishi sababli qariyb ikki baravar oshdi. Bundan tashqari, sanitariya cheklovlari olib tashlanganligi sababli kompaniya daromadlarining oʻsishi sekinlashdi.

The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, Amazonda 2022-yil sentyabr holatiga koʻra jami 1,5 millionga yaqin odam ishlaydi.