24-may holatiga Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston tadbirkorlari Amazonʼda toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatdan oʻtish imkoniga ega boʻldi.

Amazon.com internet-doʻkoni 1995-yilda ishga tushirilgan. Bugungi kunda kompaniya AQSHdan tashqari Kanada, Xitoy, Braziliya, Yaponiya va Yevropa davlatlarida faoliyat olib boradi. 2020-yil oxirida kompaniya ishchilari 1,298 million kishiga yetgan.

Oʻtgan yili Amazonʼda savdo hajmi $386,1 milliardni tashkil etdi, bu koʻrsatkich 2019-yilga nisbatan 38 %ga koʻpdir. 2020-yilda chakana sotuvchilarning daromadi 83 %ga oʻsdi va $21,331 milliard boʻldi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.