Asosiy rejimdagi kamera kuzatuv stansiyasiga ulangan boʻladi. Biroq, egasi dron rejimini smartfon orqali faollashtirishi mumkin, soʻngra kamera stansiyasidan chiqib ketadi va masofadan boshqarilib, marshrut boʻylab uchadi.

Dron rejimida ogohlantiruvchi signal ham mavjud. Signal berilganda foydalanuvchi smartfonda bildirishnoma oladi va kamera, agar Internet aloqasi mavjud boʻlsa, binolardan video koʻrsatishni boshlaydi.

Ishlab chiqaruvchilar dron rejimidagi Always Home Camni odamlar va uy hayvonlari uchun xavfsiz deb bilishadi, chunki havo murvatlari panjara bilan himoyalangan. Ularning ishlayotgan paytdagi shovqini yon atrofdagilarni xavf haqida ogohlantirish maqsadida ataylab juda baland qilingan.

Ushbu kamera 2021-yilda sotuvga chiqariladi va uning narxi 249 dollarni tashkil qiladi.