Yuta shtati va Oʻzbekiston oʻrtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Tomonlar Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistondagi loyihalarda ishtirok etish istiqbollarini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, turizm, togʻ-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari, moliya sektori kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini atroflicha koʻrib chiqdilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish, Amerika kompaniyalarini Oʻzbekiston bozoriga jalb etish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar koʻrishga kelishib oldilar.
Jamgʻarma prezidenti M. Xansen 2023-yil dekabr oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, maktablarni kompyuterlar bilan taʼminlash, ingliz tilini oʻqitishni tashkil etish, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus maktablarni qoʻllab-quvvatlash va boshqa ijtimoiy yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qiziqish bildirgan, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.