AQSH Milliy tibbiyot kutubxonasi veb-saytida chop etilgan tadqiqotda  mualliflar umrni o'n yilga uzaytirish yo'llarini ma'lum qilishgan.
Olimlar Evropaning 11 mamlakatidan 1000 nafarga yaqin keksalarning o'lim sabablarini o'rganishdi. 935 nafar kishidan 371 nafari yurak-qon tomir kasalliklaridan, 233 nafar kishi saraton kasalligidan, 145 nafar esa boshqa sabablarga ko'ra vafot etgan, 186 nafar kishining o'limi sababi esa noma'lum.
Kuzatishlar natijasida mutaxassislar, xususan, yurak-ishemik, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar insonning turmush tarzi bilan bevosita bog'liq degan xulosaga kelishdi.

Ushbu kasalliklardan saqlanish uchun olimlar O'rta er dengizining mevalar, sabzavotlar va donli yormalarga boy parhez taomlarini iste'mol qilishni maslahat berishadi. Bunday ovqatlanish yurak-qon tomir, onkologik kasalliklar, metabolik sindrom va miya faoliyati buzilishi xavfini kamaytiradi. Shuningdek, mutaxassislar jismoniy faol bo'lish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik va chekmaslikni maslahat berishadi.