Viloyat hokimligining xabar berishicha, AQSHning “Mystery Box” kompaniyasidan kelgan 6 kishidan iborat tasvirga olish guruhi Qashqadaryoning diqqatga sazovor joylarini suratga tushirdi.
Xorijiy guruh viloyatning sayyohlar bilan gavjum Kitob hamda Shahrisabz hududlarida ish olib bordi. Tashrif davomida qadimgi ipak yo'lining muhim yo'nalishlaridan biri bo'lgan Kitob tumanidagi Taxtiqoracha dovoni, Shahrisabz shahrining tarixiy markazi va boshqa turizm manzillari tasvirga olindi.