Amir Temur haqida multfilm ishlanmoqda

    O'zbekistonda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi yirik loyiha — “Renessans” ustida ish olib bormoqda.

    Loyihada birinchi va ikkinchi renessans davridagi ajdodlarimiz haqida 30 ta animatsion film ishlab chiqarish ko'zda tutilgan, deb yozmoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.

    Ayni damda ijodiy guruh Amir Temur siymosiga bag'ishlangan animatsion film ustida qizg'in ish olib bormoqda. Jamoaga rejissyor Odil Mahamadov rahbarlik qilmoqda. Animatorlar Zebo Saidazimova, Sanobar Erkinova, Firdavs No'monov, Mohira Mirzayeva. Ssenariy muallifi — To'lqin Hayit, postanovkachi rassom — Doniyor Abduvositov.