Bugun Kinematografiya agentligida Turkiya Respublikasining “Altınkesit” kinokompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda agentlik rahbariyati, "Altınkesit” kinokompaniyasi direktori Mustafo Gunesh, ssenarist, rejissyor Ismail Gunesh, bosh maslahatchi Zebiniso Kamalova, kinokompaniya menedjeri Mehmet Bulbul, kinokompaniya hamkori Mustafo Pekchaylar ishtirok etishdi.
Oʻzbek va turk kinoijodkorlari ishtirokidagi uchrashuvda yangi — “Sohibqiron Amir Temur” tarixiy seriali haqida soʻz bordi.
Endilikda suratga olinishi kutilayotgan “Sohibqiron Amir Temur” serialining ilk loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida ikkala tomonning ham yangi kinoloyiha boʻyicha fikrlari tinglanib, takliflar berildi, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.