Xabar berilishicha, rolik mualliflari bilan bu boʻyicha hech qanday kelishuv ham boʻlmagan.

“Birinchidan, ushbu videorolik Turizm va sport vazirligi tashabbusi bilan tasvirga olinmagan, mualliflar bilan bu boʻyicha hech qanday kelishuv ham boʻlmagan. 

Ikkinchidan, vazirlik videorolik avvalida sohibqiron Amir Temur haqida aytilgan fikrlarga hayrihoh emas. Shunday boʻlsa-da, qayd etish joizki, videoroliklarda tomoshabinning eʼtiborini jalb qilish uchun ham “badiiy toʻqima” qoʻllanilgan boʻlishi mumkin, bu auditoriyani jalb qilish maqsadida tez-tez ishlatiladigan uslubdir. Videorolikning oʻzini umumiy oladigan boʻlsak, bu kabi videolar mamlakatimizning turistik salohiyatini  targʻib qilishda ijobiy xizmat qiladi. 

Shunday ekan, OAV vakillari va blogerlardan odamlarni chalgʻituvchi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatmaslikka, savol tugʻilgan taqdirda vazirlik matbuot xizmatiga murojaat qilib aniqlik kiritishga chorlab qolamiz. 

Shu oʻrinda mazkur videorolik boʻyicha savollar bilan rolik mualliflariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq boʻlishini taʼkidlagan holda, Turizm va sport vazirligi sohani rivojlantirish yoʻlida xizmat qiluvchi qiziqarli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini maʼlum qilamiz”, — deya qayd etdi vazirlik matbuot kotibi.