Buyuk ajdodimiz, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685-yilligi munosabati bilan, Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti tashabbusi bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Yuksak maʼnaviyatli shaxs tarbiyasida Amir Temur oʻgitlarining ahamiyati” ilmiy-maʼrifiy anjumani tashkil etildi.
Ilmiy-maʼrifiy anjumanda soʻz olgan olimlar va madaniyat xodimlari oʻz maʼruzalarida, bugungi tahlikali davrda milliy gʻururimizni tiklashga qaratilgan islohotlar – jarayonida Amir Temurga yuksak ehtirom koʻrsatish, jahon taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan, mardlik va adolat timsoli sifatida ulugʻlanadigan buyuk shaxs — Amir Temur hayoti hamda faoliyatini oʻrganishga xalqaro miqyosda qiziqish juda katta boʻlib, u zotning boy maʼnaviy merosidan yoshlarni vatanparvarlik, milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda keng foydalanish yuzasidan ibratli ishlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidlab oʻtishdi.