«Amirsoy»ga qarashli elektr qurilmada nosozlik yuzaga kelgan va dor yo'lining to'xtashiga sabab bo'lgan. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uzluksiz etkazib berilgan
Ijtimoiy tarmoqlarda «Amirsoy»da elektr energiyasida uzilish bo'lgani to'g'risida xabarlar e'lon qilindi.
Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Oromgohga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi uzluksiz etkazib berilgan.
«Amirsoy» oromgohidagi uzilish oromgohdagi dor yo'lining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan va oromgohda elektr ta'minotida uzilish kuzatilgan.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi paytda ushbu nosozlik oromgoh mas'ullari tomonidan bartaraf etilib, dor yo'li qayta ishga qo'yilgan, deb xabar bermoqda energetika vazirligi Matbuot xizmati.