Amirsoyda ilk bor avto-moto festivali boʻlib oʻtmoqda

    Turizm 27 Sentabr 2020 2132

    Ikki kunlik festivalda “Amirsoy” barcha mavsumiy togʻ-changʻi kurorti eksklyuziv avto va moto texnika uchun bitta yirik avtoparkka aylandi.

    Oʻzbekistonda 26-27-sentyabr kunlari ilk marta “Amirsoy Mountain Resort” togʻ-changʻi kurortida avtomobil ixlosmandlari uchun katta bayram – Avto-moto festivali boʻlib oʻtmoqda.

    Shu ikki kun mobaynida “Amirsoy” kurorti 150 dan ortiq tyuninglangan eksklyuziv avto va moto texnika uchun yirik avtoparkka aylanadi. Festival tashkilotchilari mehmonlar va ishtirokchilar uchun DJʻlarning jonli (Live) chiqishlari, test-drayv, mototsikl rayderlarining tryuklari, driftlar, kurort boʻylab ekskursiya va turli xildagi sovrinli tanlovlar kabi koʻngilochar dasturlarni namoyish qilishmoqda.

    Tanlovlarda tyuning, avtotovush, drift, retro, 4x4, supermashinalar va boshqa yoʻnalishlardagi eng yaxshilar aniqlanadi.