Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlar xorijda milliy restoran tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini subsidiya shaklida qaytarib olishlari mumkin.
Mazkur davlat xizmati Turizm qo‘mitasi tomonidan my.gov.uz portali orqali bepul ko‘rsatiladi.
Subsidiya olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Restoranning xorijda ro‘yxatdan o‘tgani va binoga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
Sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar;
Amalga oshirilgan xarajatlar va O‘zbekistondan mahsulot yetkazib berishga oid hujjatlar (zaruratga qarab rasmiy tarjimasi bilan);
Restoranning ichki va tashqi ko‘rinishi aks etgan fotosuratlar.
Maʼlum qilinishicha, my.gov.uz orqali yuborilgan ariza 18 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiya mablag‘i 7 ish kuni ichida tadbirkorning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Agar arizada kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etib, qayta murojaat qilish imkoniyati mavjud.
Tadbirkorlar subsidiya olish uchun my.gov.uz portalidagi tegishli davlat xizmati orqali ariza topshirishlari mumkin.