Tashrif doirasida Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda joriy yilning oktyabr oyida Amur viloyatidagi vatandoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi va Ichki ishlar vazirligi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda saylovlarni tashkil etishda ko‘maklashish to‘g‘risida kelishuvlarga erishilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Gubernator V.Orlov viloyat hokimligining saylov jarayonida yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi «Renaissance Heavy Industries», «Yamata», «Gorizont», «Dalnevostochnaya stroitelnaya kompaniya» kompaniyalari, Amur davlat universiteti rahbariyati va o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan O‘zbekiston fuqarolari uchun patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tezlashtirishda ko‘maklashish, ularga ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish, kasbiy malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentiligi matbuot xizmati.









