Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, YTH oqibatida 1 nafar avtobus yoʻlovchisi halok boʻlgan, 14 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Rus nashrlari avtobusda asosan Turkiyaning Yamata kompaniyasi xodimlari, Turkiya fuqarolari, shuningdek, Tojikiston va Oʻzbekistondan kelgan ishchilar boʻlgani haqida yozdi.
Migratsiya agentligining maʼlum qilishicha, mazkur yoʻl-transport hodisasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan.
Oʻzbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan hodisa yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borildi.








