Amur viloyatida vertolyot halokatga uchradi

    Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Tindinskiy tumanida Robinson R-66 vertolyoti halokatga uchradi. Bortda uchuvchi va uch yo'lovchi bo'lgan, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ular halok bo'ldi.

    Halokat bo'yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 263-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi (ehtiyotsizlik tufayli ikki yoki undan ortiq shaxsning o'limiga olib kelgan yo'l harakati va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish).

    Tergov qo'mitasining xabar berishicha, vertolyot yog'ochni qayta ishlash zavodi joylashgan joydan havoga ko'tarilgan va Amur viloyatining Tindinskiy tumaniga qo'nishi kerak bo'lgan. Biroq vertolyot belgilangan manzilga yetib bormagan, shundan so'ng favqulodda radiomayoq signali chalingan, deb xabar beradi report.az.