“An-Nasr” Ahmad Musadan qarzdor

    Shu bois FIFA klubga transfer taqiqi qo‘ydi.

    CBS Sports nashrining yozishicha, FIFA Nigeriya milliy jamoasi forvardi Ahmad Musa oldidagi qarzdorlik sababli “An-Nasr”ga transfer taqiqi qo‘ygan.

    Saudiya klubi safida 2018—2021 yillarda to‘p surgan Musaga shartnomadagi bandga ko‘ra, 460 ming yevro bonus to‘lanishi kerak. Sport arbitraj sudi – CAS bu masalada nigeriyalik 30 yoshli futbolchi foydasiga qaror chiqargan. Ammo to‘lov hanuz amalga oshirilmagan.

    Bugun Saudiya klublari dunyoning eng kuchli futbolchilari transferi bilan shug‘ullanyotgan paytda bu taqiqning qo‘yilishi “An-Nasr” uchun qattiq jazo hisoblanadi.

    Eslatib o‘tamiz, Ahmad Musa “An-Nasr”ga kelgunga qadar “Lester” va SSKAda o‘ynagan.