Anadolu Isuzu 1984-yilda tashkil etilgan. Kompaniya Turkiyaning Anadolu Group xoldingining avtobus va tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi yirik shoʻba korxonalaridan biridir.
Suhbat davomida kompaniyani Oʻzbekistonda xususiylashtirish dasturida ishtirok etishga va avtomobilsozlik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga jalb etishning amaliy jihatlari muhokama etildi.
Shu bilan birga, tomonlar Anadolu Group xoldingining Oʻzbekistondagi boshqa tashabbuslari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarining joriy holatini koʻrib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni chuqurlashtirish va turk kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha har tomonlama chora-tadbirlarni koʻrishga tayyorlik bildirildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.