Bir kishi yong'indan jabrlangan va kasalxonaga yotqizilgan. Yong'inni o'chirishga jami 146 kishi va 48 ta texnika jalb qilingan.

Seshanba kuni Anapa shahridagi Obyezdnaya ko'chasida joylashgan 11 qavatli uyda mansarda yonib ketdi. Yong'in maydoni 1 ming kvadrat metrga yetgan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 440 kishi evakuatsiya qilingan, ulardan 112 nafari bolalar, bir kishi jarohatlangan. Avvalroq favqulodda xizmatlar yonayotgan uydagi 32 ta xonadonga zarar etganini ma'lum qilgan edi, deb xabar beradi ria.ru.