“Real” jamoasi bosh murabbiyi, italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti keyingi yilning iyun oyidan Braziliya termasini boshqaradi. Bu xabarni Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Ednaldo tasdiqladi.

2024-yilning iyunigacha Braziliya milliy jamoasini 49 yoshli Fernando Deniz vaqtincha boshqarib turadi. “Pentakampeonlar” 2024-yilning 20-iyundan 14-iyulgacha davom etadigan Amerika Kubogi bahslarini italiyalik mutaxassis qoʻl ostida oʻtkazadi.

Anchelottining “Real” bilan shartnomasi 2024-yilda tugaydi.