Andersyen xalqaro IT-kompaniyasi Markaziy bank uchun qator yangi xizmatlar koʻrsatadi

    Moliya 19 Aprel 2024 847

    Markaziy bank rahbariyati Andersyen xalqaro IT-kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan biznes forumda ishtirok etdi.

    Tadbirda “Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, raqamlashtirishning bugungi kundagi muhim yoʻnalishlari haqida soʻz yuritildi.

    Forum davomida Markaziy bank va Andersyen xalqaro IT-kompaniyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum asosida Markaziy bank, tijorat banklari, nobank moliya tashkilotlari va moliya bozorining boshqa ishtirokchilari uchun API yaratish va qoʻllab-quvvatlash, yangi ilova va platformalarni ishlab chiqish hamda mavjudlarini optimallashtirish, kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun mahsulotlar taklif qilish va boshqa qator xizmatlar koʻrsatiladi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.