Ushbu doʻppi Andijon viloyatining hunarmandchilik anʼanalari, kashtachilik maktabi va madaniy ramzlariga asoslangan boʻlib, xalq orasida oʻziga xos hurmat va mavqega ega.
Geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi:
Andijon doʻppisining kelib chiqish manbaini belgilaydi, hamda uning sifati va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan himoya qiladi.
Eslatma: Geografik koʻrsatkich — bu mahsulotning maʼlum hududga xosligi va aynan shu hudud tabiiy, insoniy, tarixiy omillari bilan bogʻliq alohida sifatlarga ega ekanligini bildiruvchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.