Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 5,5 million AQSH dollariga teng bo'lgan 3,5 million juft oyoq kiyim eksport qilgan. O'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda bu ko'rsatkich 990 639 juftga kamaygan.
2022-yilning yanvar-fevral oylarida O'zbekiston eng ko'p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
Qirg'iz R. — 2,5 mln. juft
Tojikiston — 598 246 juft
Qozog'iston — 291 345 juft
Rossiya — 77 373 juft
Moldova — 26 896 juft
Gruziya — 10 836 juft
2022-yilning dastlabki ikki oyida xorijiy davlatlarga eng ko'p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati — 2 mln.
Samarqand viloyati — 1,8 mln.
Farg'ona viloyati — 1,1 mln.
Toshkent viloyati — 221 ming
Namangan viloyati — 183 ming AQSH dollar.