Tadbirda Andijon viloyati hokimiyati mutasaddilari, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati bo'linmasi rahbar va mutaxassislari, loyiha tashabbuskorlari va viloyat faollari ishtirok etdilar. Tamal toshini qo'yar ekan, Andijon viloyati xokimi SHuxratbek Abduraxmonov “Andijon Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika markazi butun tarmoq istiqboli uchun mustahkam poydevor yaratishini alohida ta'kidladi.
“1.5 gektar maydonda joylashadigan “Andijon Pharma Park” markazi xalqaro tajribani qo'llagan, chet el investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etgan holda, innovatsion echimlar va yuksak texnologiyalarni joriy etish yo'li bilan yurtimizda farmatsevtika sohasini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi”, dedi SHuhratbek Abdurahmonov.
Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati bo'linmasi rahbari Ruzimatali Mansirovning aytishicha, markaz o'z ichiga Dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish markazi, Dori vositalari va tibbiy buyumlar ekspertizasi va standartlashtirish markazi: kimyoviy tahlil laboratoriyasi, mikrobiologik laboratoriya,farmakotoksikologik laboratoriya faoliyat yuritadi. SHuningdek, akademik, ilmiy, klinik va klinik davrgacha bo'lgan muolajalar uchun dori-darmon vositalari ishlab chiqararadigan sektorlar ishi yo'lga qo'yiladi. “Ilmiy tadqiqotlar markazini ham ochish rejada bo'lib, yosh olimlar, innovatsion g'oya mualliflarini rag'batlantirish, moliyalashtirish, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish ham ustuvor maqsadlardan”, deya ta'kidladi Ruzimatali Mansirov.
SHunday oliy maqsadlar rejada ekan, “Andijon Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika markazining to'la ishga tushinini kutib qolamiz va kelajak faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.