Yaʼni “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati xodimining ijtimoiy tarmoqda “Andijon” hamda “Dinamo” jamoalari muxlislari shaʼniga tegadigan posti turli kanallarda tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan «Nasaf« futbol klubi rasmiy munosabat bildirdi.

Ayni vaqtda mehnat taʼtilida boʻlgan matbuot xizmati xodimi Sarvar Bobonazarov mazkur uchrashuvda na bevosita, na bilvosita ishtirok etmagan va xizmat vazifasini bajarmagan. Biroq u oʻzining “X” (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida kechagi uchrashuv yuzasidan “Andijon” hamda “Dinamo” jamoalari muxlislari shaʼniga nisbatan nomaqbul ifodalarni ishlatgan.

“Mazkur shaxsiy fikrlar «Nasaf” futbol klubi pozitsiyasini aks ettirmaydi va klub har qanday koʻrinishdagi haqorat va kamsitishlarni qoralaydi.

Ushbu holat yuzasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi va klub odob axloq qoidalarini qoʻpol ravishda buzganligi sababli Sarvar Bobonazarov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

“Nasaf” futbol klubi har doim barcha oʻzbek klublariga, shu jumladan, Samarqand va Andijon jamoalari vakillari va muxlislariga nisbatan chuqur hurmat va doʻstona munosabatda boʻlib kelgan hamda bu tamoyilga qatʼiy amal qilishda davom etadi«, deyiladi klub munosabatida.

Yuzaga kelgan noqulay vaziyat uchun jamoatchilikdan uzr soʻraldi.