Vazirlar Mahkamasining “Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to'g'risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Belgilanishicha:

Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g'azna hisobvaraqlari va bank hisobvaraqlariga ega bo'ladi;

 Institut O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;

 Institutda ta'lim faoliyati 2020/2021 o'quv yilidan boshlanadi;

 2020/2021 o'quv yili uchun Institutga kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha qabul ko'rsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlanadi;

 Institutga talabalarni qabul qilish har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi va to'lov-kontrakt asosida belgilanadi.

Andijon viloyati hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shoh ko'chasi, 15a -uyda joylashgan O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi texnikum (sobiq Andijon maishiy xizmat kasb-hunar kolleji) bino va inshootlarini (mavjud jihoz va mebellari bilan) tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida berish to'g'risidagi taklifi ma'qullanadi.