Yoʻlovchilarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida, shuningdek koʻplab murojaatlarini inobatga olgan holda, Toshkent — Andijon — Toshkent yoʻnalishidagi №61/62-sonli poyezdlarning poytaxtga kelish va joʻnash vokzali etib Toshkent- Markaziy vokzali belgilandi.

Eslatamiz, avval mazkur poyezdning kelishi va ketishi Toshkent- Janubiy vokzalida amalga oshirilar edi.

Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.