Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov mazkur xonadonga tashrif buyurdi. Bu haqda hokimlik matbuot kotibi Abdujalil Abdurahimov ma'lum qildi.
«Shahar hokimi ushbu oila a'zolarni yangi tug'ilgan chaqaloq bilan tabriklab, oila ehtiyoji uchun zarur bo'lgan buyumlar: kir yuvish mashinasi, televizor, isitish pechi, bolalar aravachasi va yotog'i, turli o'yinchoqlar hamda boshqa zarur anjomlarni sovg'a qildi», deyiladi hokimlik bayonotida.



