Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Andijon shahrida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, aholiga qulay va ekologik toza transport xizmatini yoʻlga qoʻyish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi qurilgan 2-elektrobuslar parkiga navbatdagi 40 ta zamonaviy elektrobus olib kelindi.

Ushbu transport vositalari shahar koʻchalarida belgilangan yangi yoʻnalishlar boʻyicha harakatni boshlab, aholiga xizmat koʻrsatishga kirishdi.

Mazkur tashabbus shaharda transport xizmatlari sifatini oshirish, atrof-muhit muhofazasini taʼminlash hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. Elektrobuslarning qatnovi yoʻlga qoʻyilishi bilan shahar ichidagi tirbandliklar kamayishi va yoʻlovchi tashish madaniyati yuksalishi kutilmoqda.