Dilmurod Rahmatullaev ta'lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta'limi boshqarmasini boshqargan. 2016-2019 yillarda esa Andijon shahri hokimi vazifasida ishlagan.
Rahmatullaev 2017 yilda o'qituvchilarni haqorat qilgani audiosi bilan jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo'lgandi.
2018 yilning aprelida o'tkazilgan videoselektorda shahar ko'chalarini obodonlashtirish uchun byudjet tashkiloti xodimlari, jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini tadbirkorlardan gul va daraxt ko'chatlarini ancha qimmat narxga sotib olishga majburlagani uchun bosh vazir tomonidan hayfsan olgan hamda oxirgi marotaba ogohlantirilgandi.
2019 yilning avgustida esa u haqda video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo'lgandi.