Sessiya ishida qayd etilganidek, Prezidentimizning 2020-yil 1-maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan hududlarni barqaror va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xomashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek hududlarning boshqa qiyosiy ustun jihatlarini baholashning yagona tizimi joriy etildi.

Andijon shahri “Yashil” hududlar qatoriga kiritilib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida yuqori yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. Xususan, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari yakuni boʻyicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 4 trillion 799 milliard soʻmni tashkil qildi.

Ushbu koʻrsatkichlarni bajarishda shaharda faoliyat koʻrsatayotgan yirik sanoat korxonalari “MARJAN INVESTMENT GROUP” MCHJ, “MAKRO FARM ANDIJAN” MCHJ, “GRAND TECHNO MASTER” MCHJ, “DINAR TEKSTIL” MCHJ, “OʻZ ERAE Climate Control”, “UZ AUTO AUSTEM” qoʻshma korxonalarini munosib ulushi bor.

Tashqi savdo aylanmasi 303 million dollarni, oʻsish surati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 108,3 foizni tashkil etdi. 60,2 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda hunarmandchilik yoʻnalishi boʻyicha 411 ta loyiha uchun 12 milliard 441 million soʻm kredit mablagʻi ajratildi. Buning evaziga 484 ta yangi ish oʻrini yaratildi.
Har bir oila tadbirkor dasturi boʻyicha 1131 ta loyiha uchun 42 milliard 453 million soʻm kredit mablagʻi ajratildi. Buning evaziga 1 ming 389 ta yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga erishildi.
Joriy yil davomida dastur boʻyicha 6 ming 409 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilib,ushbu dastur ijrosi yuzasidan yanvar-noyabr oylarida 7 ming 401ta ish oʻrini yaratilgan. Mazkur ish oʻrinlari yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish, hunarmandchilikni rivojlantirish natijasida tashkil etilgan.

Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha “Temir daftar”ga 9 ming 402 ta kambagʻal oila kiritilib, hozirgi kunda barcha oilalarni toʻliq kambagʻallikdan chiqarilishi taʼminlandi. Ushbu oilalardagi 9 ming 845 nafar mehnatga layoqatli ishsizlarning toʻliq bandligi taʼminlandi.

Elektr taʼminotidagi uzulishlarni oldini olish maqsadida shahar “Elektr taʼminoti” korxonasi tomonidan 39 dona transformatorlar texnik koʻrikdan oʻtkazilib, shundan 16,5 million soʻmga 11 dona transformatorlar taʼmirlandi, 444 dona beton tayanch ustunlar oʻrnatildi, 12,82 kilometr uzunlikdagi yangi tarmoq tortildi. 5 dona yangi transformatorlar oʻrnatish ishlari bajarildi.
Bundan tashqari, 42,5 million soʻm mablagʻ hisobiga 85,5 kilometr uzunlikdagi past kuchlanishli tarmoqlar, 64 ta transformatorlar joriy taʼmirlandi, 126 ta transformatorlar mukammal taʼmirlandi.
Suv taʼminoti boʻyicha Andijon shahrida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 1 milliard soʻmga 15,3 kilometr uzunlikda yangi ichimlik suvi hamda 180 mln.soʻmga 1,2 km uzunlikda oqava suv tarmogʻi tortilib foydalanishga topshirildi.

Andijon shahar aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini oshirish maqsadida Bogʻishamol dahasidagi Yangi Xayot va Bogʻishamol hamda Shifokor mahalla fuqarolar yigʻini hududida 1 milliard 600 million soʻmga 3 dona suv tortish nasos stansiyalari qurilib, 2 ming 200 ta xonadonlardagi ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi. 
Axolini ichimlik va oqava suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida shahardagi 10 mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida jami 4 milliard 80 million soʻm evaziga, jami 33,5 kilometr, shundan 30,3 kilometr ichimlik suvi va 3,2 km oqava suv tarmoqlari yangi tortilib aholi taʼminoti yaxshilandi.