Internet tarmoqlarida Andijon tumanida tez yordam brigadasini urib tashlangani, lekin urgan fuqarolarga chora ko'rilmagani izohi bilan videotasvir tarqalgan.
Viloyat IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, joriy yilning 4-iyul kuni soat 22:50larda Andijon tumani hududida joylashgan Qo'nji qishloq shifoxona punktida fuqaro N.J. shifokor M.M.ning faoliyatidan keskin norozi bo'lib, shifokorni urib tan jarohatlari yetkazgan.
Hozirda ziddiyat ishtirokchilarining barchasini shaxsi aniqlangan bo'lib, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda. Jabrlangan shifokor M.M.ga sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.