Fuqaro A.I. Andijon tumanida joylashgan “A.A.” MCHJga qarashli 50 sotix yer maydonining 4 sotixini fuqaro S.M.ga firibgarlik yoʻli bilan 10 000 AQSH dollariga sotishga kelishadi.

Goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ushbu yer maydonida turar-joy qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qiladi. 

Kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan ashyoviy dalillar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.