Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonobod shahar boʻlimi tomonidan IIB bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.M. firibgarlik yoʻli bilan daromad orttirish maqsadida, fuqarolar O. va N. ning ishonchiga kirib, ularni 7 000 AQSH dollari evaziga Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat universitetiga oʻqishga kiritib, keyinchalik oʻqishini Andijon davlat universitetiga koʻchirib berishni vaʼda qilib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Xiva tuman boʻlimi tomonidan DXX bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.A. va B.S.lar oldindan til biriktirib, fuqaro G.ni Qozogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasining yurisprudensiya yoʻnalishiga oʻqishga kiritib, keyinchalik tanishlari orqali oʻqishini Toshkent davlat yuridik universitetiga koʻchirib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.