Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 11, 9 trillion soʻmni tashkil etgan.

Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,3 foizga oshgan.

Respublikaning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida Andijon viloyatining ulushi 10,3 foizni tashkil etgan.

Viloyat boʻyicha jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining:

60,3 foizi dehqonchilik mahsulotlari;

39,7 foizi chorvachilik mahsulotlari hissasiga toʻgʻri kelgan.