Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan doimiy ravishda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan tizimli ravishda o‘rganish ishlari olib borib, aniqlanayotgan kamchiliklar yuzasidan OAV orqali hisobot berib boriladi. 

Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tizimida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan byudjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan materiallar qonuniy baho berish uchun Hisob palatasi hamda Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga 2021 yilning noyabr oyida taqdim etilgan va ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Ayni damda jinoyat ishi doirasida aybdorlarni aniqlash maqsadida bir nechta tashkilot va idoralar, shu jumladan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mansabdor shaxslari ham tergovga jalb etilganligini ma’lum qilamiz.

Xalq ta’limi vazirligi tizimda korrupsiyaga oid hatti-harakatlarni oldini olish va qonunbuzilish holatlarini aniqlash maqsadida olib borilayotgan ishlar doimiy ravishda davom etishini ma’lum qilamiz, deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vaziriligi matbuot xizmati.