28-aprel kuni tonggi soat 03:28 da Oʻzbekistonda zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining maʼlum qilishicha, uning epitsentri Andijonning Xonobod tumanida joylashgan.

Zilzila magnitudasi epitsentrda 4,1 ni tashkil etdi. Toshkentdan 327 km janubiy-sharqda. Chuqurlik — 15 km.

Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Xonobod tumanida 4 ball, 2 km.
  • Qoʻrgontepa tumanida 3 ball, 16 km.
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 37 km.
  • Xoʻjaobod tumanida 2 ball, 44 kmda qayd etilgan.