Maʼlumotlarga koʻra, Xoʻjaobod tumanida yashovchi fuqaro 2017-yil avgust oyidan 2021-yil fevraligacha Xonobod shahar ichki ishlar boʻlimi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi inspektori hamda Qoʻrgʻontepa tuman IIB huzuridagi 13-, 15-son ichki ishlar boʻlinmalari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi inspektori lavozimlarida ishlab kelgan.

Qayd etilishicha, erkak qoidalarni buzgani uchun Oʻzbekistonga kirishi taqiqlangan fuqarolarga qalbaki pasportlar tayyorlagan.

Qoʻrgʻontepa tuman sudi jinoyatchini Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 209-moddasining 2-qismi (soxtakorlik) bilan aybdor deb topdi. Erkak 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolandi, shuningdek, uch yil muddatga ichki ishlar idoralari tizimida ishlash taqiqlandi.