Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetgan.
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan, deya xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.
Bosh prokuratura axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa oqibatida 1 nafar kishi vafot etgan, 11 nafar kishi jarohatlangan. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.