Mehmonlarni “Doʻstlik” chegara postida Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari A.Maksumov kutib oldi.

Delegatsiya aʼzolari Andijon shahrida joylashgan eʼtiborga molik joylar hamda muzeylarni koʻzdan kechirdi.

Kunning ikkinchi yarmida ikki davlat vakillari oʻrtasida kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan muhokama boʻlib oʻtdi. Xususan, Andijon viloyatida turli filmlarni tasvirga olish, Qirgʻiziston kinosi kunlarini oʻtkazish, qoʻshni davlat shaharlarida esa Oʻzbekiston kinosi kunlarini tashkil etishga kelishib olindi.