Guruh, shuningdek, Andijon viloyatining shahar va tumanlari darajasidagi mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari bilan hududda investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini ragʻbatlantirishning dolzarb vazifalari yuzasidan ish olib bordi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar qishloq xoʻjaligi, metallurgiya, toʻqimachilik va charm-poyabzal sanoati, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida istiqbolli investitsiyaviy loyihalarning taqdimotlarini oʻtkazdilar. Loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish algoritmlari ishlab chiqildi va tegishli vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlariga koʻrsatmalar berildi. Saʼy-harakatlarni oʻzaro muvofiqlashtirish va imkoniyatlarni birlashtirib investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini samarali qoʻllab-quvvatlash vazifasi qoʻyildi.
Andijon viloyatining viloyat, shahar va tuman darajasidagi mahalliy hokimliklar rahbarlari bilan uchrashuvda viloyatda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini faollashtirish hamda sanoatni rivojlantirishning ustuvor chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Ushbu viloyatning istiqbolli tarmoqlarida yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun yangi zaxiralarni aniqlash, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliy sanoat kooperatsiyasini tashkil etish va mahalliylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqildi.
Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat ishbilarmon doiralarining iqtisodiy salohiyatini samarali roʻyobga chiqarish va biznes tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va tadbirkorlar oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi boʻgʻini sifatida roli taʼkidlandi.
Viloyatda investitsiyaviy va eksport faoliyatini ragʻbatlantirishning yangi tizimini joriy etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Shu nuqtayi nazardan, yangi loyihalar ishlab chiqish va ularning tashabbuskorlari bilan yaqin hamkorlikda tumanlar kesimida sanoat va investitsiyaviy salohiyatni tahlil qilishga tizimli yondashuvni qoʻllash, yer uchastkalarini ajratish, moliyalashtirish manbalarini belgilash, boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, eksport bozorlariga chiqish muhimligi qayd etildi.
Yigʻilish yakunida mahalliy hokimliklar rahbarlariga sohadagi ishlarning yangi mexanizmlarini samarali amalga oshirishga oid batafsil koʻrsatmalar va belgilangan vazifalarni sifatli bajarish boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.