Qayd etilishicha, birinchi reys Toshkent – ​​Andijon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladi

Shu yilning 18-mart kuni “Silk Avia” US601/US602 reyslari uchun chiptalar sotuvi boshlangan va ular ATR-72-600 samolyotlarida seshanba va payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

— Toshkentdan joʻnab ketish 11:20, Andijonga yetib kelish 12:20;
— Andijondan joʻnash soat 13:00, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.

Kelgusida Andijon aeroportiga xalqaro reyslarni qayta yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilgan.