Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 17 yoshli yigit va 15 yoshli qiz chaqmoq urishi oqibatida tan jarohati olishgan.
Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan yigit vafot etgan.
Qizning ahvoli qoniqarli boʻlib, hozirda shifoxonada davollanmoqda.
Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.